Eko Markaz

Saida Mirziyoyeva BMTda Orol fojiasi va ekologik yechimlar haqida gapirdi

Saida Mirziyoyeva BMTda Orol fojiasi va ekologik yechimlar haqida gapirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida nutq soʻzlab, xalqaro hamjamiyat eʼtiborini Orol dengizi fojiasi, ekologik masʼuliyat va tabiatni tiklash masalalariga qaratdi.

U Orol dengizining qurishi tabiiy ofat emas, balki oʻnlab yillar davomida qabul qilingan notoʻgʻri qarorlar va tabiatga adolatsiz munosabat oqibati ekanini taʼkidladi. Shuningdek, Yangi Oʻzbekiston bu falokat oqibatlarini yumshatish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar qilganligini qayd etdi.

«Suv tejovchi zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etyapmiz. 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni maqsad qilganmiz. Biz Orolboʻyining faqat ekologik fojia ramzi boʻlib qolishini istamaymiz. U ekologik yechimlar sinovdan oʻtadigan hududga aylanishi kerak», — dedi Saida Mirziyoyeva.

U, shuningdek, Oʻzbekiston 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushini 54 foizga yetkazishni maqsad qilganini aytib oʻtdi.

Ta'kidlash joizki, Oʻzbekiston tashabbusi bilan 2027–2036-yillar “Oʻrmonzorlashtirish va oʻrmonlarni qayta tiklash boʻyicha harakatlar oʻn yilligi” deb eʼlon qilingan. Bu ham mamlakatning ekologik muammolarni xalqaro hamkorlik va amaliy yechimlar asosida hal etishga intilayotganligining isbotidir.