2026-yil 24-sentabr soat 18:00 dan boshlab davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun arizalar faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali qabul qilinadi.
Ma'lumot uchun, 2026-yil 11-maydagi 234-sonli Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, arizalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali qabul qilish va xulosalarni elektron shaklda berish tartibi belgilangan.
Mazkur tartibni joriy etish boʻyicha zarur texnik ishlar amalga oshirildi. YIDXPda test rejimida arizalarni qabul qilish va ular boʻyicha xulosalarni elektron shaklda berish sinovdan oʻtkazildi. Sinov jarayonlari muvaffaqiyatli yakunlangani munosabati bilan davlat ekologik ekspertizasi xulosasini olish uchun arizalar faqat my.gov.uz orqali qabul qilinadi.
Shu sanadan boshlab eco-service.uz sayti orqali arizalarni qabul qilish toʻxtatiladi.
Arizalarni belgilangan tartibda my.gov.uz portali orqali yuborishingizni soʻraymiz.
